Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kech} - ir ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ke-chir-moq
Izoh(lar)i:
kech fl

1. 1. Biror narsa ustidan bosib (botib) o‘tmoq, yurmoq. Qor kechmoq. Loy kechmoq. Qahraton qishda yalang oyoq muz bosib, saratonda qizg‘in qum kechib, issiqda, sovuqda obdan pishgan bizning yigitni Yo‘lchini ham, katta masofani piyoda bosgani uchunmi, kun xila betoqat qilgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
To‘rvasini apil-tapil yelkasiga ildi-da, shaxdam qadamlar bilan tuproq kechib yo‘lga tushdi. M. Hazrat-qulov, Jur’at.

2. 2. Yuz bermoq; sodir bo‘lmoq. U [Borotoy] boyning uyida kechgan voqealardan xabardor bo‘lib turish uchun Shokir otaning kampirini tayinlagan. Oybek, Tanlangan asarlar
U [Qodirov] so‘zlash uchun o‘rnidan turgandayoq, yuragida nimalar kechayotganini payqadim. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

3. 3. O‘tmoq. Ko‘nglidan qanday gaplar kechdi ekan? Yillarimdan xafa emasman, Mehnat, jangda kechdi onlarim. Yo, Mirzo
Kasallik kechishiga qarab o‘tkir va xronik formalarga bo‘linadi. H. Fayzullayev, Teri kasalligi nima?
U bilan birga kechgan shirin damlarni, dilrabo suhbatlarni eslaydi. T. Ashurov, Oq ot.

4. 4. Afv etmoq, kechirmoq. [Mirzaqul:] Boy ota, Suyarning gunohini men sizdan so‘radim. Keching. N. Safarov, Uyg‘onish

5. 5. Bahridan o‘tmoq. Hamma narsasidan kechmoq. Mol-mulkdan kechmoq. Jon do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan kechmas. Maqol
[Bek:] Xonumonimdan kechaman ammo bu ishni ochmasdan qo‘ymayman. A. Qahhor, Bek

6. 6. Yuz o‘girmoq, aloqa, munosabatni uzmoq. Norozi bo‘lishdan nima foyda. Dadangdan kechasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. kechirmoq: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.