Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kasr}
So‘z bo‘g‘inlari: kasr
Izoh(lar)i:
kasr ot

1. mat. at. Birlikning qismlaridan tashkil topgan son. Oddiy kasr. O‘nli kasr. To‘g‘ri kasr. Aralash kasr. Kasr son.

2. esk. ayn. yn. Qoldiq 4. O‘n oltini uchga bo‘lsak, bitta kasr qoladi.

3. O‘zganing yoki biron narsaning aybi, sababi bilan bo‘ladigan yomon ta’sir, yaramas oqibat; kasofat. Birning kasri — mingga, mingning kasri — tumanga. Maqol
Farhodning tog‘ qazishini Alisher Navoiy tasvirlab bayt yozgan edi, shuni keltira olmadim. O‘qimaganlikning kasri shu-da. Oydin, Shirin keldi
mening kasrimga falokatga yo‘liqishlarini istamayman. S. Karomatov, Bir tomchi qon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kasofat [a], jat

1. kasr I Ot
birovning yomon ta’siri oqibati

2. kasr II Ot
miqdor birligining qismi

Paronimi: kasir Quruq va mo‘rt narsalarning sinishidan, parchalanishidan chiqadigan tovush. Kasir-kasir qilmoq.
Qomus: mavjud emas.

1. kasriga qolmoq: kasri tufayli yomon oqibat (holat)ga duchor bo‘lmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.