Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kasofat}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-so-fat
Izoh(lar)i:
kasofat ot

1. sft. ft. Yomon oqibatga olib boradigan, baxtsizlik (ziyon, zahmat) keltiradigan. Kasofat ish. Shira ko‘p kasofat narsa, g‘o‘zaning yosh barglariga yopishdimi — uni bujmaytirib qo‘yadi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Kayfim bor edi, hammasiga kasofat araq sababchi Gazetadan

2. ot ot Yomon oqibat, yomon, noxush ta’sir. Yaxshining — sharofati, yomonning — kasofati. Matal. Ochlik kasofatidan ona-bola dunyodan ketdi. S. Ismoilzoda, Temur
Mana shunday hilofi shar’iy ishlaringizning kasofatidan bunday kunlarga tushdingiz. S. Ayniy, Qullar

3. 3. Shunday belgi, ta’sirga ega bo‘lgan shaxs yoki narsaga nisbatan qo‘llanadi; shaxs yoki narsani shunday belgi bilan qayd etadi. Yo‘qol, deyman, yo‘qol, nahs! Yo‘qol ko‘zimdan, kasofat! S. Zunnunova, Olov
Buning ustiga no‘xtasi ham yo‘q edi kasofatning [novvosning]. S. Nurov, Narvon
Sen zamonni tushunasanmi, o‘ylab qara, agar shu xom qovoqda miyang bo‘lsa, yig‘lama, kasofat. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kasr [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.