Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kaltak} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kal-tak-la-moq
Izoh(lar)i:
kaltak ot

1. 1. Daraxt, buta kabilarning barg-butoqsiz uzun shoxi (singan yoki maxsus qirqib olingan, ho‘l yoki quruq). Tekinga o‘rgangan tekinxo‘r qo‘liga kaltak ilinsa ham, kerak bo‘lib qolar, deb olib ketaverar ekan. Mushtum
Oyimcha bibi ularni [tovuqlarni] ko‘rdi-yu qo‘liga tushib qolgan bir kaltakni havola qilib, tirqiratib haydab, qarg‘ay-qarg‘ay uyiga kirib ketdi. K. Yashin, Hamza

2. 2. Urish, savash, haydash uchun ishlatiladigan maxsus yog‘och; tayoq, govron. [Jallod] Bandining tizzasidan quyisiga, oyoqlari suyagining qirrasiga kaltak bilan qattiq bir urdi. S. Ayniy, Esdaliklar
[Sherbek] Kuliga kaltak olib, mol boqqani qirga chiqqanida quvonchini ichiga sig‘dira olmay dumbaloq oshgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. folk. lk. To‘qmoq, cho‘qmor; gurzi. To‘qson botmon cho‘yan kaltak qo‘limda. Shirin bilan Shakar
[Ko‘kaldoshning] Taqimida besh yuz botmon kaltagi. Alpomish

4. 4. Tayoq, musht va shu kabilar zarbi; urish. [La’li] bekning kaltaklari ham yodidan ko‘tarilib, alanga chayqalayotgan yerga yugurdi. H. G‘ulom, Mash’al
Suvonjonning kaltakka toqat qilishi Oysuluvga badtar alam qildi. S. Anorboyev, Oqsoy

5. ko‘chma hma Qattiq teguvchi, zarba bo‘luvchi narsa; dakki. Avaz uyiga kirgach, o‘zicha kulib: Mening she’rim ular uchun kaltak bo‘ladi, — deb qo‘ydi. J. Sharipov, Xorazm
Cholning har bir maqtov so‘zi polvonga kaltak bo‘lib tushmoqda edi. H. Nazir, O‘tlar tutashganda

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: urmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Urmoq – kaltaklamoq – do‘pposlamoq – savamoq – solmoq – tushirmoq – so‘qmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.