1. Ayb yoki jinoyati uchun ko‘riladigan chora. Ko‘ryapsiz-ku, haq joyiga qaror topadi, nohaq jazosini oladi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
2. Qilmishiga yarasha ko‘riladigan oqibat, to‘lanadigan tovon. Ko‘y, qizim, Nuri tuhmat qilgan bo‘lsa bir kun jazosini tortar, izza bo‘lar. Oybek,Tanlangan asarlar
3. Biron ishni amalga oshirish yo‘li; chora, iloj. Buning [tog‘ qazishning] jazosi bir quloch-bir yarim qulochlik besh-oltita tayoq. Uyog‘i oson. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
1. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)