1. 1. Biron-bir faoliyat sohasidagi alohida yutuqlar uchun rag‘batlantirish shakli (qimmatli buyum, pul, medal, orden va shu kabilar). Oliy mukofot. Davlat mukofoti. Pul mukofoti. Mukofot bermoq. Mukofot olmoq. Mukofotga taqdim etmoq. ▬ G‘oliblar maxsus mukofotlar bilan taqdirlanishdi. Gazetadan Bahrixon bir qo‘y bilan bir ko‘ylaklik atlas mukofot olgan ekan. A. Qahhor, Xotinlar Birinchi darajali diplom va pul mukofoti bilan qaytdi. S. Ahmad, Yulduz
2. 2. Kishining o‘z qilmishi, xatti-harakati uchun qaytgan qarimta; umuman, sovg‘a, tortiq. bizdan keyingilar ham bu yerga kelib suv ichadi — haqqimizga duo qiladi. Bundan ortiq mukofot bormi bizga?! Mirmuhsin, Me’mor Dunyo mojarosidan qo‘l yuvmoqchi bo‘lgan bir otaga keksaygan kunlarida farzand dog‘ini ko‘rmaslikning o‘zi ham ulug‘ mukofotdir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar,
1. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot Bo‘yog‘iga ko‘ra (ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)