1. Harbiy qismlarning, qurolli kuchlarning qonli to‘qnashuvi, urush. Shayboniyxon hali hech qaysi jangga bunchalik jon-jahdi bilan tayyorlangan emas. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Qarama-qarshi ijtimoiy guruhlarning to‘qnashuvi. Qarama-qarshi g‘oyalar kurashi esa so‘nggi nafasgacha davom etadigan hayot-mamot jangidir. O‘TA
3. sprt.Musobaqa. Sportning boshqa turlari bo‘yicha ham qattiq janglar davom etayotir. Gazetadan
4. Bahs, munozara; janjal. Ochilgach kelib ertasi hujrasi, Qilur jang-u janjal har ertasi. Muqimiy.
5. ko‘chmaAstoydil mehnat. bu yil biz 3 mln 350 ming tonna oq oltin uchun jang olib bormoqdamiz. Sharq yulduzi
1. Asabiy – tajang – jizzaki Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)