1. 1. O‘zganing hurmat-e’tibor tuyg‘usi, shunday tuyg‘uli munosabat; hurmat.
Sihat tilasang — kam ye, izzat tilasang — kam de.
Maqol
U hammadan izzat kutgan vaziyatda edi, biroq Barat parangdan boshqa hech kim unga e’tibor bermadi.
Mushtum
Kelinoyilari Nuri uchun emas, balki qaynana izzati uchun aylanib-o‘rgilib ko‘rishishdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Izzat (erkaklar ismi).