Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hurmat}
So‘z bo‘g‘inlari: hur-mat
Izoh(lar)i:
hurmat ot

1. 1. Kimsa yoki narsaga bo‘lgan qadrlash, ulug‘lash tuyg‘usi; shunday tuyg‘uli munosabat. Ota-onaga hurmat. Keksalarga hurmat. Ustozlarga hurmat. O‘z kasbiga hurmat. Bu oilada o‘zaro hurmat, o‘zaro yordam, obro‘-e’tibor mujassamlashgan. Gazetadan
Hurmat insonga mehnat orqali, kamtarlik, halollik orqali keladi. Yoshlik
Mehnatga hurmat axloqning eng yuksak dasturlaridan biridir Oybek, Nur qidirib

2. 2. Qozonilgan, orttirilgan hurmat; obro‘, e’tibor. Elda hurmati zo‘r. Men o‘z mehnatim bilan jamoada tanildim, hurmat qozondim. Gazetadan
Eshitishimcha, Axsida hazrati oliyni, hurmatlariga yarasha ma’raka o‘tkazib, qabrga qo‘yishganlar P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Oh, ona tuprog‘im, o‘sgan joylarim, Ko‘nglimda saqlanar hurmating, qadring. Mirtemir

3. 3. Hurmat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ehtirom [a], izzat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajad ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.