Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {izzat}
So‘z bo‘g‘inlari: iz-zat
Izoh(lar)i:
izzat ot

1. 1. O‘zganing hurmat-e’tibor tuyg‘usi, shunday tuyg‘uli munosabat; hurmat. Sihat tilasang — kam ye, izzat tilasang — kam de. Maqol
U hammadan izzat kutgan vaziyatda edi, biroq Barat parangdan boshqa hech kim unga e’tibor bermadi. Mushtum
Kelinoyilari Nuri uchun emas, balki qaynana izzati uchun aylanib-o‘rgilib ko‘rishishdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Izzat (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: hurmat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. izzati nafsiga tegdi: kamsitadigan gap-so‘z, ish qildi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.