1. Suv yoki boshqa suyuqlikni emib, shimib ho‘l bo‘lmoq, nam tortib yumshamoq; bo‘kmoq.
Suvda ivigan non. Kiyimlarim yomg‘irda ivib ketdi.
▬
Sulton tovoqdagi qaymoqni shimib, ivib qolgan non burdalarini lunjiga to‘ldirib chaynay boshladi.
H. G‘ulom, Mash’al
Safarov, papiros naychasining ivigan joyini tishi bilan uzib, puflab tashladi-da, o‘ychan javob berdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 1. Quyulib qolmoq, quyuq tortmoq, quyuqlashmoq (qon haqida).
Qayerda-dir tomsa tomchi qon, Sening yuragingda iviydi.
U. Qo‘chqorov, Hayajonga ko‘milgan dunyo
3. 2. Qatiqqa aylanmoq (sut haqida); uyimoq.
Och uyda qatiq ivimas.
Maqol
4. 3. Buzilib, aynib qolmoq, chirib tushmoq.
Sut ivib qolibdi.