1. 1. Nam tortib, namiqib ko‘pchimoq, shishmoq.
Suvda bo‘kkan non. Bo‘kib qolgan taxta,
▬
Kecha yomg‘ir yoqqan, yer bo‘kib yotgan bo‘lishiga qaramay, g‘o‘zapoya sug‘urishga tushishdi.
Oydin, Yuragida o‘ti bor
Gugurt quti ham qozonsochiq ostida bo‘kib yotgan ekan, suv yuziga qalqib chiqdi.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. 2. Suv shimib, shilta, shalabbo holatda bo‘lmoq, ivimoq.
Yomg‘irda bo‘kkan Safar o‘zini torgina, oldi ochiq yo‘lakka olib, eshikni zanjirladi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
opaning bo‘kib ketgan ust-boshiga qarab, Yunusalining yuragi achishdi.
O‘. Hoshimov, Kamalak
3. 3. Keragidan ortiq ovqat yeb, qorni shishib, o‘zini ko‘tara olmay qolmoq.
Oldimda tog‘-tog‘ ishlar tursin-u, men, bo‘kib qolgan sigirdek, oyog‘imni uzatib yotaymi?
O‘. Umarbekov, Yurak so‘zlari
Xalfaning hovli kezib, u yoqdan-bu yoqqa yurayotganini ko‘rgan Meliqul ota hayron bo‘ldi. Bu badnafs bo‘kib qoldi, shekilli, deb o‘yladi.
Yo. Shukurov, Qasos
Bo‘kib qoldingmi, ochofat, tur o‘rningdan, tert tayyorla.
R. Fayziy, Hazrati inson