1. ot ot Guruh, jamiyat, sinf yoki davlatlarning birlikda ish olib borish uchun tuzgan birlashmasi; birlashma, uyushma.
— Axir, barcha temuriylar birlashib, ittifoq tuzsalar bo‘lmasmi? — dedi Nigor xonim.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. sft. ft. O‘zaro yaxshi munosabatli; inoq, ahil.
Ittifoq oila. Ular bir-biri bilan ittifoq. Ittifoq bo‘lmoq.
▬
Ko‘ngillari doim yosh bo‘lsin. O‘zaro do‘st, ittifoq, hamdam, Oilaga bizdek bosh bo‘lsin.
H. G‘ulom, Bayram kechida
Ittifoq el sira ko‘rmas xo‘rlikni.
Gulixiromon