Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {issiq} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: is-siq-la-moq
Izoh(lar)i:
issiq sf

1. ot ot Jism tarkibidagi molekulalar harakati (yonish, kimyoviy reaksiya va shu kabilar) natijasida yuzaga keladigan va jismlarni qizdiradigan, isitadigan kinetik energiya; issiqlik, harorat. Quyoshning issig‘i. Olovning issig‘i. Issiq birmuncha bo‘shashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Sharofatxon supaning chetiga kelib o‘tirdi, oq shohi ro‘moli bilan yelpinib, issiqdan shikoyat qildi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ot ot Kasallikda yuzaga keladigan (ko‘tariladigan) harorat; isitma. Oftob oyim erining so‘zini kuchlab tushdi: Issig‘i bor, yuzi ham qizarib, bo‘rtib turibdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Issig‘im ko‘pligidan suv ustiga suv ichar edim. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. sft. ft. Yuqori haroratli, biror manba harorati bilan isigan, qizigan; issiq holatli. Issiq suv. Havo issiq. Shundoq issiq kunda qora ko‘ylak kiyishidan azadorligi bilinib turardi. S. Ahmad, Ufq
Sherbek uning qo‘lini issiq kaftlari orasiga oldi. S. Anorboyev, Oqsoy

4. sft. ft. Issiqlikni saqlaydigan, issiq tutadigan. [Egnida] Issiq va yangi palto, oyog‘ida ichi jun botinka, qorako‘l qalpoq, qorni to‘q. Mirmuhsin, Umid
Issiq kiyingan yo‘lovchilar dam-badam burun va quloqlarini ushlab, o‘z tashvishlari bilan yugurib-yelardilar. O‘. Usmonov, Sirli sohil

5. ot ot Qozon ovqati, pishirilgan (issiq) taom. Yaxshiyam shu qo‘shning bor ekan, dugonang. Boshim yostiqqa tegganda, o‘zi, bolalari o‘tib, bir qoshiq issiq qilib beradi, do‘xtir chaqirib keladi. S. Nurov, Narvon
Kechadan beri [Kumushning] ichiga issiq kirgani yo‘q. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Hammamiz deyarli har kun bir qoshiq issiqqa muhtojmiz. A. Qodiriy, Kichik asarlar

6. sft. ft. Ko‘chma Kishiga xush keladigan; yoqimli. Yulduzxon unga yengilgina bosh irg‘adi va bir kulib qaradiki, Muhiddin shu vaqtgacha qizlar kulgisining bu qadar jozibali, chiroyli, issiq bo‘lishini sira uchratmagan edi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Luqmoncha xuddi yumalaganday yugurib, medpunktga kirib borarkan, Elchibek uni chaqirib, bir issiq gap aytgisi keldi. A. Muxtor, Tug‘ilish

Antonim(lar)i: sovuq , yoqimsiz
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.