Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishq} - a ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ish-qa-moq
Izoh(lar)i:
ishq ot

1. 1. Boshqa jinsdagi shaxsga berilish, intilish (moyillik) his-sezgisi. Majnunning Layliga ishqi. Ishq savdosi. Yor ishqida yonmoq. Ishqi yo‘q — eshak, dardi yo‘q — kesak. Maqol
Bir vaqtlar ishq mojarolarini yolg‘iz ertaklardan tinglagan Gulnor endi o‘zi ishqning olov ko‘ylagida yashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma Zo‘r ichki intilish; ishtiyoq. Odatda, navbahor kelishi bilan qalbi yaratish ishqi bilan tug‘yon uruvchi saxiy bog‘bonlar, paxtakorlar va ishchilar yil bo‘yi qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni xomcho‘t qilib oladilar. Gazetadan
Ajabo, ustozning inson qalbiga solgan ijod ishqi shogirdning matonati bilan qo‘shilsa, mo‘jiza tug‘ilarkan. Guldasta

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sevgi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.