Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iltimos}
So‘z bo‘g‘inlari: il-ti-mos
Izoh(lar)i:
iltimos ot

1. 1. Muddaoni (maqsad, istakni) qondirish haqida qilingan murojaat, so‘rash. Me’mor shogirdlarining iltimosi bilan atay ikki qator g‘ishtni aylantirib terdi. Mirmuhsin, Me’mor
Amirzodam hozir behad bandlar, mavlono, balki iltimosingizni menga aytursiz? P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Shunday so‘rash, talabni qayd etuvchi murojaat shakli. Iltimos, koridorga tupurilmasin. S. Siyoyev, Yorug‘lik
— Iltimos, siz qoling, — dedi Gavhar yana yalinib. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. iltimosini qaytardi: rad javobini berdi

1. Iltimos – iltijo – o‘tinch – zor – tavallo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

2. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

3. So‘ramoq – iltimos qilmoq – yalinmoq – o‘tinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.