Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iltijo}
So‘z bo‘g‘inlari: il-ti-jo
Izoh(lar)i:
iltijo ot

1. Xudoga, ilohiy kuchga sig‘inib panoh tilash; umuman, yalinib-yolvorib, o‘tinib so‘rash; o‘tinchli iltimos. Nazr-u niyozlarini oyog‘i ostiga to‘kib, duo qilishni iltijo bilan so‘radi. K. Yashin, Hamza
Zamiraning bu iltijosi, temir tobutni quchoqlagancha parchin bo‘lib yotishi har qanday bemehr odamning ham yuragini ezib yuborardi. E. Usmonov, Yolqin

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: iltimos [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. iltijo qilmoq: yolvorib (sig‘inib) so‘ramoq

1. Iltimos – iltijo – o‘tinch – zor – tavallo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.