Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hujum}
So‘z bo‘g‘inlari: hu-jum
Izoh(lar)i:
hujum ot

1. 1. Egallash, yo‘q qilish, qaytarish va shu kabilar maqsadda harakat qilish; shunday maqsaddagi harakat, urinish; hamla. Ayollar tosh, g‘isht parchalarini ko‘tarib, eshik va derazalarga hujum qila ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shu payt qo‘qqisdan ikkinchi burgut ham hujumga o‘tdi. Oqsoq to‘ng‘izcha anchagacha chiyillab turdi, so‘ng ovozi tindi. Fan va turmush
Rahim itining olg‘irligi, qo‘y podasini qanday qilib bo‘rining hujumidan qutqargani haqida maqtana ketdi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

2. harb. rb. Biror hududni zabt etish, dushmanni yo‘q qilish uchun texnika va shu kabilar bilan harakat qilish, tashlanish. Hujumga o‘tmoq. Dushman hujumini qaytarmoq. Havo hujumi. Bombardimonchilarning hujumi o‘n besh minut davom etdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Dushman qanchalik gangitilsa hujumning muvaffaqiyati shunchalik muqarrar bo‘ladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
O‘rmon yaqinida shox-shabba bilan yashirilgan ikkita dushman tanki hujumga shay turganligi haqida xabar keltirishdi. Gazetadan

3. sprt. rt. Qarama-qarshi tomonli sport o‘yinlarida raqibning himoyasini yengish, himoya nuqtasini ishg‘ol etish uchun tashlanish harakati. Ketma-ket bo‘lgan hujumlar o‘z natijasini berdi: futbolchilarimiz raqib darvozasiga javobsiz ikki to‘p kiritdilar. Boksda hujum bilan birga himoyani ham esdan chiqarmaslik kerak. Uning raqibi shohni hujumdan mudofaa qilish uchun uzoq o‘ylanib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat

4. ko‘chma hma Tanbeh, haqorat qilish, so‘kish va shu kabilar bilan kimsaga tashlanish; hamla. Xushro‘y chodirdan chiqmasdanoq, choy tashib, xizmat qilib yurgan kundoshiga kesatiq bilan hujum boshlaydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Shuning uchun Ubaydulla aka har bir masalada kuyovining yonini olar, xotini sal g‘inshiy boshlasa, darhol hujumga o‘tardi. O‘.Usmonov, Sirli sohil

5. ko‘chma hma Biror katta ish yoki tadbirni amalga oshirishga qaratilgan umumxalq harakati. Savodsizlikka qarshi hujum. Paranjiga qarshi hujum. Mashinalar ishlayotgan joyda cho‘lga qudratli hujum boshlanganligi sezilib turibdi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

Antonim(lar)i: chekinish , himoya , mudofaa
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.