Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {himoya}
So‘z bo‘g‘inlari: hi-mo-ya
Izoh(lar)i:
himoya ot

1. 1. Hayot, ish-faoliyatda bo‘ladigan yordam, qo‘llab-qo‘ltiqlash; homiylik, panoh. Podshoh hazratlari meni sizning himoyangizga topshirgan edilar! Agar bosqinchilarni topib jazo bermasangiz, men podshoh hazratlarining huzurlariga panoh istab ketishga majburmen! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
U hazratning ukalari Boysunqur mirzo otamlarni va ustoz Qavomni o‘z himoyalariga olganlar. Mirmuhsin, Me’mor
U Boburning otasi o‘rniga hukmdor bo‘lganini eshitib, undan himoya so‘rash niyatida arkka borgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Xavf-xatar, hujum kabilardan saqlash, qo‘riqlash ishi; muhofaza, mudofaa. Har kuni biror uydan kimdir xayrlashgani kirardi. Qishloqning sara yigitlari armiyaga — Vatan himoyasiga ketdilar. I. Raxim, Chin muhabbat
Himoyada yotgan odamlarga tungi hujum va shovqin-suron og‘ir ta’sir qilishini Shayboniyxon yaxshi bilar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

3. 3. Umuman, biror xavfli, zararli narsa-hodisadan saqlash, saqlanish ishi. Reaktor suv qatlami, temir halqa va beton devordan tashkil topgan kuchli himoya vositasi bilan o‘ralgan. Fan va turmush
Mexanizator kabinadan tushib, himoya to‘siqlarini yana bir karra tekshirib ko‘rdi-da, rulga o‘tirdi. Gazetadan

4. sprt. rt. Futbol, voleybol kabi o‘yinlarda komandaning raqib tomon hujumini qaytarish vazifasini bajaruvchi qismi. Bu o‘yin komandaning himoyasida yetarli muammolar borligini ko‘rsatdi. Bunday komanda bilan himoyada turib o‘ynash hazilmi? Biror xatoga yo‘l qo‘yding — baloga qolasan. R. Azizxo‘jayev, Yashil chayla

5. huq. uq. Sudlanuvchi tarafini olib qilinadigan xatti-harakat, aytiladigan fikr-mulohaza; oqlovchi tomon.

6. 6. Ilmiy kengash yoki maxsus komissiya muhokamasiga taqdim etilgan ishda (dissertatsiya, loyiha va shu kabilarda) olg‘a surilgan qarashlar, fikr-mulohazalarning e’tirof etilishi va tegishli ilmiy daraja yoki unvonni olishga harakat qilish ishi. Loyihani himoyaga qo‘ymoq. Poshsha xolaning ko‘ngli joyiga tushdi. Kuyovining kandidatlik himoyasi kuni oldingi qatorda savlat to‘kib o‘tirdi. D. Nuriy, Osmon ustuni

Antonim(lar)i: hujum
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.