Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hasham}
So‘z bo‘g‘inlari: ha-sham
Izoh(lar)i:
hasham ot

1. 1. Bezash uchun ishlatiladigan narsa, buyum; bezak. Aravalar gumbur, otlar semiz, kerakli anjomlardan tashqari, turli hashamlar bilan bezatilgan. H. Nu’mon va A. Shorahmedov, Ota
Yuzlab ulkan binolarning ichki hashami, bezagi u ishlab chiqaradigan buyumlarga mushtoq. Mushtum
Uy-joy qurmagan, latta-putta yig‘magan, mashina, hashamlarga ham xushi bo‘lmagan. S. Nurov, Narvon

2. 2. Uy, imorat va shu kabilarning bezak ishlari va boshqalar ishlov, qurilmalardan iborat ko‘rkli, salobatli, dabdabali ko‘rinishi, holati. Ro‘zmatov bizni ichkariga taklif qildi. Kirdik. Ana klub-u mana klub. Kengligini ko‘ring-u, hashamini tomosha qiling. Mushtum
Rais., o‘zining ikkinchi uchastkasiga hasham berish bilan band edi. Mushtum
Qarshi shahrining hashami, salobati, bog‘larining so‘limligi yuqoridan [samolyotdan] yana ham latofatli. O‘zbekiston qo‘riqlari

3. 3. To‘y va boshqalar yig‘inlarga xos ko‘tarinki holat; dabdaba, tantana va bularni yuzaga keltiruvchi narsalar. Olimboy aka endi to‘y-u hashamlarda ilgarigidek katta gapirmas edi. S. Ahmad, Saylanma
[Jamol xola] Ortiqcha hashamga, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdi. Ana shunisi bilan yoqardi mahalladagilarga. R. Fayziy, Hazrati inson
Rost, to‘yning hashami ham oz emasdi, unga uzoq, yil hozirlik ko‘rilardi. R. Rahmon, Mehr ko‘zda

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bezak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bezak – ziynat – hasham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

2. Dang‘illama – hashamatli – serhasham – muhtasham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.