1. Bezatish, yasatish vositasi; husn, ko‘rk, chiroy beruvchi narsa; ziynat beruvchi buyum yoki naqsh. Nuri kiyinishni, bezakni sevar edi. Zirak, bilaguzuk, zarkokil, qo‘ltiqtumor, tillaqosh, zebigardon kabi buyumlardan quti-quti yiqqan. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Husn, ko‘rk. So‘z — kishining o‘zagi, Odob — kishining bezagi. Maqol. Til — aql bezagi. Maqol. Yaxshi fazilatlar inson kamolotining bezagi, husni, jon rohati va farog‘atidir. Gazetadan
1. Bezak – ziynat – hasham Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)