1. 1. Kimsaning g‘am-qayg‘usini birga kechiruvchi, dardining tarqalishiga ko‘maklashuvchi; dardkash, qayg‘udosh. Qani endi, uning ohu zoriga quloq soladigan biron hamdard bo‘lsa-yu butun alam va hasratlarini aytib, yuragini bir oz bo‘lsa ham bo‘shatsa! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. Shunaqa kunlarda dalda beradigan do‘st, hasratini eshitib, ko‘nglini ko‘taradigan hamdard ham zarur edi Ahmadga. F. Musajonov, Himmat Sinf rahbari o‘quvchining eng yaqin sirdoshi va hamdardi, maslahatgo‘yi bo‘lmog‘i lozim. R. Usmonov, Odobnoma
2. 2. Kimsaning jismoniy dardini, og‘rig‘ini yengillashtirish uchun unga yordam beruvchi, ko‘makchi. Sanitarlik, yovuz dushman bilan urushda yarador bo‘lib chiqqan jangchilarga hamdard bo‘lish — sharafli ish. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz Dardmandlarga hamdard bo‘lgin, Yiqilganga qo‘l uzat. E. Rahim
1. Hamdard – dardkash – g‘amxo‘r Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)