1. Uzoq vaqt kasallanib yotgan; dardmand. Uning [Nigoraning] qarshisida haftalab, oylab kasalxona karavotida qo‘zg‘almay yotgan bir dardkash inson turar edi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Dard-alamga duchor bo‘lgan; dard-alam ko‘rgan; alamli. Polvon o‘zini erkinroq his qildi, oldida bika emas, oddiy bir dardkash, mazluma bir ayol o‘tirganday bo‘ldi. J. Sharipov, Xorazm
3. Kimsaning g‘ami, qayg‘usiga sherik bo‘luvchi, birgalikda qayg‘uruvchi; hamdard. Dardim ko‘p, dardkashim yo‘q mening. K. Yashin, Hamza
1. Hamdard – dardkash – g‘amxo‘r Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)