Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gavdali}
So‘z bo‘g‘inlari: gav-da-li
Izoh(lar)i:
gavdali [gav-da-li ]

1. Gavdasi, jussasi katta, norg‘ul, barvasta; jussali. Bir vaqtlar gavdali va chiroyli bo‘lgan o‘ttiz yashar yigit hozir cho‘pday ozib ketgan. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Aniqlovchi so‘z orqali ifodalangan jussaga ega bo‘lgan. U o‘rta bo‘yli, kichik gavdali, siyrak sariq mo‘ylovli, tiyrak ko‘zli serharakat yigit. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gavdali – jussali – barvasta – norg‘ul – qomatdor – barzangi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.