Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {barzangi}
So‘z bo‘g‘inlari: bar-zan-gi
Izoh(lar)i:
barzangi [bar-zan-gi ]

1. Zanji. Erk shaydosi — Afriqo barzangilari uchun, Qani, ha, sipqaraylik. Mirmuhsin, Qissalar va hikoyalar

2. Haybatli, davangirday, yo‘g‘on gavdali. Toshtemirga negadir, ehtimol, mo‘ridan chiqqanday qop-qora va baquvvat barzangiday bir yigit bo‘lgani uchundir — Toshqora laqabini taqishgan. O. Yoqubov, Tilla uzuk

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: gavdali
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gavdali – jussali – barvasta – norg‘ul – qomatdor – barzangi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.