1. 1. Insonning o‘z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs.
Yigitlik g‘ururi. Qizlik g‘ururi.
▬
Uning insoniy g‘ururi, tabiatining nozikligi yordam so‘ramoqqa yo‘l qo‘ymagan.
Oybek, Navoiy
Ahmad o‘rtog‘iga qoyil qolmadi. Erkak kishida g‘urur degan narsa bo‘lishi kerak
F. Musajonov, Himmat
Ziyolilar orasidan bir mard chiqib, o‘z milliy g‘ururini himoya etishga harakat qildi. Bu kishi Sebzor dahasining qozisi Muhiddinxo‘ja Hakimxo‘ja o‘g‘li edi.
Fan va turmush
2. 2. Faxrlanish, mamnunlik tuyg‘usi; faxr, iftixor.
Shodligidan terisiga sig‘maydi, ko‘ngli g‘urur ila mastona chayqaladi.
S. Siyoyev, Avaz
Sanobar o‘g‘liga g‘urur va mehr bilan jilmayib qarab turar edi.
M. Xayrullayev, Ko‘ngil
— Qishlog‘imiz tuprog‘ining sehri bor, — deydi qariyalar g‘urur bilan.
Yoshlik
3. 3. Faxrlanishga asos bo‘ladigan narsa, kimsa va shu kabilar.
Paxta — o‘zbek xalqining milliy iftixori va g‘ururi.
▬
Murotali sevinch va g‘ururi bo‘lgan o‘rikning tanish va qadrli novdalariga shodiyona boqib, o‘rnidan turdi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Xalqimning qahramoni, g‘ururi bo‘lding.
U. Ismoilov, Saylanma
4. 4. Kibrlanish tuyg‘usi, mag‘rurlik, kibr-havo.
Olifta boyvachcha kibr va ahmoqona g‘ururi ila kresloda taltayganicha qoldi.
Oybek, Nur qidirib
Gapingning tuzi qursin, qizim! G‘urur g‘urbatga solar, degan naqlning mag‘zini chaqsang-chi.
J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan.
E. Vohidov, Muhabbatnoma