Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {es}
So‘z bo‘g‘inlari: es
Izoh(lar)i:
es [es ]

1. Odamning bilish, fikr yuritish qobiliyati; aql, ong, miya. Esi past. Esi butun. Esing bormi (joyidami, o‘zingdami)? Esing borida el tani, Kuching borida yer tani. Maqol

2. Yodda saqlash, qayta tiklash qobiliyati; yod, xotira.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aql [a]

1. es I Ot
aql, hush, xotira

2. es II Fe’l
shamolning mayin harakati

Paronimi: mavjud emas.

Eski o‘zbek adabiy tili – XIV asrning birinchi yarmidan boshlab XIX asrlargacha amalda bo‘lgan adabiy til.

Bu davrga kelib bugungi kunda amal qilayotgan turkiy tillar bir-biridan juda ko‘plab belgilari asosida farqlanib, mustaqillik kasb eta bordi. Xususan, eski o‘zbek adabiy tili ham vujudga keldi. Shuningdek, yozma adabiyot ommalashmaganligi tufayli adabiy til zaifroq, yozma manbalarda shevaga xos xususiyatlar ko‘plab ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, Farg‘ona va Movaraunnahrda yozilgan asarlar tili Xorazm vohasida yaratilgan asarlar tilidan ma’lum dialektik xossalari bilan ajralib turar edi. Shuningdek, o‘g‘iz lahjasi o‘zbek tilini bugungi kunda ham turkiy tillarning o‘g‘iz guruhi bilan bog‘lab turganligi sababli unda har ikki tomon xususiyatlari qaysidir darajada saqlanishi tabiiy hol. O‘zbek tilining qipchoq lahjasi va turkiy tillarning qipchoq guruhi haqida ham shunday fikr aytish mumkin.

Shunday bo‘lsa-da, bu davrda mavjud shevaviy xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan umumiy o‘zbek adabiy tilini shakllantirishga intilish kuchayadi. Pirovardida eski o‘zbek adabiy tili shakllandi. Bu tilda quyidagi asosiy yozma manbalar yaratildi: Xorazmiy «Muhabbatnoma»si, Said Ahmadning «Taashshuqnoma»si, Qutbning «Xisrav va Shirin» asari, Sayfi Saroyining «Guliston»i, Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni. Shuningdek, Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Yaqiniy, Ahmadiy, Yusuf Amiriy, Mirhaydar, Alisher Navoiy, Bobur, Muhammad Solih asarlari shu davr tilida. Bu davr tili o‘zbek tiliga birmuncha yaqin. Mas., oldingi bosqichlardagi d tovushi to‘la y tovushiga aylandi. Shart mayli qo‘shimchasi -sa ga aylanib bo‘ldi. Kelishiklar bugungi qiyofasini topdi. Ravishdosh va sifatdosh shakllari kengaydi. Harakat nomining -moqshakli iste’moli kengayib, -ishshakli faollashdi va boshqalar.

 

Eski turkiy til XI–XIV asrlarda amalda bo‘lgan. Bu tilda «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq», «Devonu lug‘otitturk», «O‘g‘uznoma», «Muhabbatnoma», «Qissasi Rabg‘uziy» kabi mashhur adabiy asarlar bitilgan.

Eski turkiy til XI–XIV asrlarda amalda bo‘lgan. Bu tilda «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq», «Devonu lug‘otitturk», «O‘g‘uznoma», «Muhabbatnoma», «Qissasi Rabg‘uziy» kabi mashhur adabiy asarlar bitilgan.

«O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»o‘zbek adabiy tilining me’yoriy lug‘atidan biri. Lug‘at X.Norxo‘jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan.

Lug‘atda so‘zlar quyidagicha tavsiflangan:

I. Har bir so‘zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.

II. Lug‘atda so‘zlarning, asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.

III. So‘zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:

DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg‘ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug‘lash uchun ishlatiladigan so‘z.

IV. Bosh so‘zlarning mustaqil ko‘chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko‘chma belgisi bilan ta’minlangan.

V. Lug‘atda ayrim so‘zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.

Masalan:

MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, chorsi.

VI. Ayrim so‘zlarning boshqa so‘zlarga birikib qoshma so‘z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug‘atda atash vazifali so‘zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so‘z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo‘li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.

Masalan:

ABAD (a) Oxiri, poyoni yo‘q kelajak zamon, mangulik.

ABAJUR (r

VIII. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undoshlar, taqlidiy, tasviriy va modal so‘zlarni izohlashda tushuntirma izoh usulidan foydalanilgan.

Bunda mazkur so‘zlarning ma’nosi, vazifasi tushuntirilgan.

Masalan:

ORIY (f-t) Shundoq, rost, albatta.

IX. Ba’zi yasama so‘z ma’nolarini ochishda grammatik izoh usullaridan foydalanilgan. Bunda so‘zning ma’nosi shu so‘z havola qilingan so‘zning izohidan anglashiladi.

XI. Lug‘atda ma’nodoshlarning betaraf va faollari izohlangan, qolganlari esa ularga havola qilingan. Masalan:

JARROH (a) Xirurg.

XII. Ayrim hollarda, izohdan keyin, so‘z ma’nosini to‘laroq ochish, izohni to‘ldirish maqsadida izohlanuvchi so‘zning antonimidan ham foydalanilgan bo‘lishi kerak.

Masalan:

ZEHNIYAT (a)…

ZINDON (f-t)…

DAFTARNAVIS (grek +f-t)…

XIII. Ma’nodoshlar boshqa turdagi izohdan keyin ham ishlatilgan. Bunda ular izohni to‘ldirish, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nolarini bir- biridan yaqqolroq faqlash uchun xizmat qiladi.

Masalan:

VALLOMAT Valine’mat. 1.Oqsoqol, boshliq, amaldor. 2. Sarboz, yigit. 3. Oz mehnati singmagan narsalarga, birovnikiga saxiylik, xo‘jayinlik qilaveradigan odam; errayim.

Lug‘at izohli lugatning bir ko‘rinishi.

 

1. ali desa bali demoq: kim? aytishmoq, e’tiroz javobini bermoq.

2. aytgan joyidan kesmoq: Aytganini, albatta, amalga oshirtiradi, aytganini bajartiradi.

3. bag‘ri teshilmoq: bag‘ri qon bo‘lmoq, qattiq g‘am yoki azob chekmoq.

4. besh barmog‘ni og‘ziga tiqdi: hovliqib, lozim bo‘lganidan ko‘ra ortiqroq narsani ro‘yobga chiqarish uchun intildi, nafsga berildi

5. besh ketmoq: 1.pirra (karta) o‘yinida besh ochko olmoq; 2.gapni yoki ishni o‘rinlatib bajaruvchi odamga tan bermoq, qoyil qolmoq

6. bir kesak bilan ikki quyonni urdi: ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutdi

7. bo‘rk ol desa bosh olmoq: biror ishni lozim bo‘lganidan ham qo‘pol qilib bajardi

8. damini kesdi I: gapirtirmadi

9. damini kesdi II: ta’sir kuchini qaytardi, yo‘qotdi

10. do‘ppi ol desa bosh olmoq: biror ishni lozim bo‘lganidan ham qo‘pol qilib bajardi

11. es- hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi

12. es- hushini olib qochdi: xayolini o‘ziga tortibolib qoldi

13. es- hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi

14. es kirdi: 1)es-hushli bo‘ldi 2) angladi, tushundi

15. es(im) qursin: nimanidir esdan chiqarganda o‘ziga tanbehni, koyishni ifodalaydi

16. esdan ko‘tarildi: unutdi

17. esga oldi: xotirladi

18. eshigiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

19. es-hushini yig‘di: 1)parishonlikdan qutuldi 2)o‘ylab ish tutadigan bo‘ldi

20. esi bo‘lsa: fikr-mulohaza yuritish qobiliyati yaxshi

21. esi bor: fikr-mulohaza yuritish qobiliyati yaxshi

22. esi chiqib ketdi: nihoyatda qattiq qo‘rqdi

23. esi ketdi: 1)qiynalib holsizlandi 2)qayta–qayta mehribonlik, xayrixohlik bildirdi

24. esi ketib: berilib, mahliyo bo‘lib

25. esi kirdi: 1)es- hushli bo‘ldi 2) angladi, tushundi

26. esi og‘di: 1) telba bo‘ldi, jinni bo‘ldi 2)mahliyo bo‘lib qoldi

27. esi og‘ib ketdi: xayoli biror narsa haqidagi o‘y– xotiralar haqida band bo‘ldi

28. esi past: fikrlash qobiliyati me’yorda emas, tentak, ovsar

29. esida qoldi: xotirasida saqlanib qoldi

30. esida turdi: xotirasida saqlanib qoldi

31. esida tutdi: doim xotirasida saqladi

32. esidan chiqdi: unutdi

33. esidan og‘di: telba bo‘ldi, jinni bo‘ldi

34. esidan ozdi: jinni bo‘ldi, telba bo‘ldi

35. esiga keldi: 1)xotirasida tiklandi 2)o‘yladi, idrok qildi

36. esiga soldi: 1)xotirasida tikladi 2)unutilayozganni eslatdi

37. esiga tushdi: xotirasida tikladi

38. esini tanidi: go‘daklik davridan chiqib, ongli hayot yo‘liga kirdi

39. esini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

40. gah desa qo‘lga qo‘nadigan qilib olmoq.: birovni o‘ziga bo‘ysundirib, so‘zini ikki qilmaydigan qilib olmoq

41. gah desa qo‘liga qo‘nadigan qilib olgan: juda itoatkor qilib olgan

42. ishi bitdi, eshagi loydan o‘tdi: 1)maqsadi amalga oshgach, aloqa va muomalani yig‘ishtirdi 2)hozirgisi hal bo‘ldi, keyingisi bir gap bo‘lar

43. kesak otdi: yomonlik xatti-harakatlari qildi

44. kindigi kesilgan: tug‘ilgan

45. ko‘p gap eshakka yuk: Ortiqcha gap-so‘zning foydasizligi haqida aytiladigan ibora.

46. nafasi kesildi: gapirtirmadi

47. og‘zing qani desa qulog‘ini ko‘rsatadi: o‘taketgan noshud, merov, anqov

48. peshona teri: halol mehnat

49. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi

50. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

51. qirq marta o‘lchab, bir marta kesadi: nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi

52. tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi: hech kimga tinchlik bermaydi

53. teshik munchoq yerda qolmas: Uzoq vaqt turmush qilmay, uyda o‘tirib qolgan qiz-juvonlar haqida, shuningdek, har bir narsa vaqti kelganda kerak bo‘lishi, ishlatilishi mumkinligi haqida aytiladigan ibora

54. teshik quloq eshitadi: Qulog‘i bor, albatta eshitadi, gap, albatta, yetib boradi

55. teshik tomoq: har qanday ovqat talab kishi; xo‘randa

56. teskari dunyo: Bevafo, o‘zgarib turuvchi dunyo

57. to‘nini teskari kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi

58. xolvachining teshasiday: 1. qisqa, kalta. 2. chaqqon, epchil (kishi haqida)

59. yetti o‘lchab, bir kesmoq: nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi

60. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

1. Aql – fahm – tamiz – es – miya – bosh – kalla
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiy-salbiylik belgisiga ko‘ra )

2. Bir – ikki – uch – to‘rt – besh – olti – yetti
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdorning oshib borishiga ko‘ra)

3. Darcha – eshik – darvoza
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm – ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

4. Dushanba – seshanba – chorshanba – payshana – juma -shanba – yakshanba
Ma’nosiga ko‘ra
(joylashish ketma-ketligiga ko‘ra)

5. Eh – esiz – afsus – attang
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

6. Eh – esiz – afsus – attang– pushaymon – nadomat – taassuf
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

7. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

8. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

9. Kesatiq – kinoya – istehzo – piching
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

10. Kesmoq – qiymoq – bichmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

11. Nodon – esli – dono
Ma’nosiga ko‘ra
(onglilik darajasining ortiq-kamligiga ko‘ra)

12. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

13. Qarindosh – urug‘ – avlod – tug‘ishgan – jigar – jigarband – jigargo‘sha – xesh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

14. Qulun – toychoq – toy – g‘unan – dunan – tulan beshak
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatiga ko‘ra)

15. Taqdir – qismat – yozmish – peshana – nasib(a) – ko‘rgilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

16. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.