1. Mehr, suyish hissi bilan munosabatda bo‘linadigan; suyukli. Erka qizcha bilan mehribon otaning o‘rtasiga raxna solish johillik. F. Musajonov, Himmat
2. Ko‘ngliga kelgan ishni qilish uchun ixtiyor berib qo‘yilgan, taltaytirib yuborilgan, tantiq. Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi. Maqol
3. Erkalik, suyumlilik ifodalovchi. — Yolg‘onchi ekansiz, — dedi u yana erka tovushda. S. Siyoyev, Yorug‘lik
4. Erka (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
1. Erka – arzanda – tantiq Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorlikning ortib borishiga ko‘ra)
2. Yaxshi ko‘rmoq – erkalamoq – suymoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorligining ortiq-kamligiga ko‘ra)