1. Orzu qilib yetishgan yolg‘iz o‘g‘il yoki qiz.
Besh yashar qizchasini chaqirib, u bolaga ko‘rsatib: — Ana ko‘rmaysanmi, bu qanday oppoq, do‘ndiqcha! Mana shu mening birdan-bir arzandam, — dedi.
S. Ayniy, Esdaliklar
2. Eng sevikli, erka o‘g‘il yoki qiz.
Lutfiniso erining davlatidan mumkin qadar ko‘proq qo‘porib, shu kenja, arzandasiga sarf qilish uchun urinar, bu qizni katta shavkat va dabdaba bilan uzatishni orzu qilar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Biror kishining hammadan ortiq ko‘rgan suyukli kishisi, erkasi.
Gulnorga xudo berdi, u erka-arzanda xotin bo‘lib, eriga suyalib, ko‘ngliga nima kelsa, shuni qiladi.
Oybek, Tanlangan asarlar