Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chuqur} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chu-qur-lash-moq
Izoh(lar)i:
chuqur [chu-qur ]

1. Ot. Qazilgan, o‘yilgan yoki tabiiy chuqurlik, o‘yiq; o‘ra. Birovga chuqur qazisang, o‘zing yiqilasan. Maqol

2. sft.Sathdan ancha past; cho‘nqir, teran. Chuqur daryo. Chuqur hovuz. Chuqur jarlik.Binoning rangi uniqib ketgan, ko‘hna yog‘och darvozasi oldidan chuqur ariq oqardi. N. Aminov, Qahqaha

3. rvsh.Ichdan, o‘pkadan to‘lib-toshib chiqqan yoki o‘pkani to‘ldiruvchi. 1.Nigora chuqur nafas oldi. 2. Yaxshiboyev chuqur tin oldi. 1.Sharq yulduzi. 2.M. M.Do‘st, Lolazor.

4. sft. ko‘chmaHar tomonlama keng, asosli, atrofli, teran. Chuqur ma’no. Chuqur ilmiy tekshirishlar.Olimning bu yillarda e’lon qilgan maqolalari chuqur tahlilga ega ekanligi bilan ajralib turadi. O‘TA

5. sft. ko‘chmaKuchli; behad katta. Chuqur qayg‘u. Chuqur sukunat.Onaning ko‘ngliga chuqur g‘ashlik cho‘kkan. Saodat

6. rvsh.Yuzadan ichkariga, ich-ichiga. Chuqur botaverdi yurakka xanjar. X. Davron.

7. rvsh.Mustahkam, qattiq. Halima Nosirovaning beqiyos san’ati, tabiiy va betakror ovozi xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi. Saodat

Antonim(lar)i: sayoz
Sinonim(lar)i: teran
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.