1. kt. kt. 1 Biror joydan, masalan, yerning sathidan ancha pastga — chuqurlikka o‘tib kirgan yoki ancha pastdan — chuqurlikdan boshlanadigan; chuqur, cho‘nqir.
Yerning teran qatlamlari. Teran daryo. Teran quduq. Teran buloq.
▬
Uning [M. Qosimovning] qiyofasi va yurish-turishiga sahro sokinligi, teran qatlamlardan nam yuqi topib asta so‘radigan chayir saksovul tomirlarining to‘zimliligi asar qilganga o‘xshardi.
A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
2. ko‘chma hma Mazmun-mohiyat jihatidan keng qamrovli, chuqur, kuchli.
Teran fikr. Romanning teran mazmuni.
▬
Onalar, faqat mas’ud onalargina go‘dak yig‘isidagi teran ma’nolarni anglay olishi mumkin.
E. Oxunova, Hayot gullari
Ikki ko‘zim sening yo‘ling-da, O‘zim teran xayolga botdim.
G‘. Shodi
Qalbimni allaqanday tiniq, teran bir mung chulg‘ab oldi.
O. Yoqubov, Yalayman
Xalq hayotini g‘oyatda teran tasvirlay bilish muallifdan katta iste’dod talab etadi.
Gazetadan