1. Bir-biriga qo‘shni, yondosh bo‘lgan viloyat, tuman, hudud orasidagi had, bo‘linish, ajralish chizig‘i.
Endi Qorabuloq chegarasidagi dovondan o‘tib olishsa, u yog‘i oson.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. Qo‘shni davlatlarning suvdagi va quruqlikdagi hududini, doirasini ko‘rsatuvchi chiziq.
Qalandarlar chegaradagi nazorat punktidan xat-hujjatlarini ko‘rsatib, Turkiston tuprog‘iga o‘tishdi.
K. Yashin, Hamza
3. Oxir, nihoya, poyon.
Cho‘lning chegarasi yo‘qdek..
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi.
4. Chek, me’yor; o‘lchov; doira.
Ammo u sabr-bardoshning ham chegarasi borligini allaqachon bilib olgan
X. Sultonov, Onamning yurti