Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {poyon}
So‘z bo‘g‘inlari: po-yon
Izoh(lar)i:
poyon ot

1. Joy, masofa, yo‘l kabilarning oxirgi chegarasi, etagi, oxiri. Poyoni ko‘rinmaydigan dala. ▬ Binafsha, lolalardan gilam to‘shalgan tog‘-qirlarni kezib, poyoniga yetolmaysiz. N. Safarov, Olovli izlar
Nizomjon shu topda shunday kuchli bo‘lib ketgan ediki, bir o‘zi mana shu poyoni yo‘q cho‘lni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashga qodirdek edi. S. Ahmad, Ufq
Qamishlar ikki odam bo‘yi o‘sgan, poyoni ko‘rinmas, shabadada bir ohangda mungli shovullardi. G‘. G‘ulom, Feruza

2. Ish, gap, voqea-hodisa kabilarning oxiri, intihosi. Hikoyani poyoniga yetkazmoq. ▬ Umrning poyoni ko‘ringan paytda uy qayg‘usiga tushdim. Yoshlik
G‘azal poyoniga yetdi. Tabibiy kamtarona kulumsiradi. Haryondan olqishlar eshitildi. S. Siyoyev, Avaz
[Maysara:] Shu xiyonatkorlarning jazosini berish uchun boshlagan ishimni poyoniga yetkazay. Hamza, Maysaraning ishi
Bu so‘zingning, dilbar, yo‘qdir poyoni. Alpomish

3. ko‘chma hma So‘ng, chek, nihoya (his-tuyg‘u, kechinma kabilar haqida). G‘azabining poyoni yo‘q. ▬ Necha faryod toshib keldi ko‘ksin yorguday, Ko‘zi tinib, iztirobi poyonga yetdi. A. Muxtor, Asarlar
Sirim borki, osmoni ko‘rinmas, G‘amim borki, poyoni ko‘rinmas. Yoshlik
Har bir narsa kabi mehr-muhabbatning ham avvali, avji va poyoni bo‘lishi tabiiy. X. Sultanov, Onamning yurti

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chegara
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chegara – chek – had – poyon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.