1. Kam topiladigan, noyob va qadrli; taqchil.
Suv boshqa joylarga ham xuddi shu yerdan taqsimlanadi. Sakkiz kun Marg‘ilon bilan Simga, sakkiz kun Chimyon Oltiariqqa oqadi. Shuning uchun ham suv bizda odam qoniday aziz.
S.Ahmad, Ufq
2. Hayot uchun eng zaruriy va qadrli, tengi yuq.
Bug‘doy shunday aziz ovqat.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. E’zoz-e’tiborga, izzat-hurmatga loyiq, ardoqli, qadrli.
Aziz Vatan. Aziz mehmon. Bola aziz, odobi undan aziz.
Maqol
4. Oliy qadrga ega, tabarruk.
U yerda [Shohimardonda] allaqanday bir azizning qabri bor deyishadi,
K. Yashin, Hamza
5. Qayd etilgan belgi-xususiyatlarga egalikni ta’kidlovchi munosabatni bildiradi.
Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang.
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
6. Aziz (erkaklar ismi).