1. 1. Bee’tibor; kamsitilgan, tahqirlangan. Ochman! Yalang‘ochman! Xorman! Siz u deb so‘kasiz, bu deb so‘kasiz, bas-da shuncha xo‘rlanganim! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. Nochor ahvolga tushgan; g‘oyat qashshoq. Hunar — zar, hunarsiz — xor. Maqol Hunarli el xor bo‘lmas. Maqol
3. 3. Beqadr, qimmati tushgan. Bozorda mevalar xor.
4. kt. Gul tikani. Gul deb sanchib edim boshimga, Quruq tikan, xor ekanin bilmadim. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li.
5. 1. Vokal ashulalarni birgalikda ijro etuvchi, 12 kishidan ortiq bo‘lgan ashulachilar jamoasi. Xor ansambli. Xor ijrochilari.
6. 2. Shunday jamoa ijrosi uchun yozilgan ko‘p ovozli musiqa asari. To‘xtasin aka ularga [havaskorlarga] yangi yozilgan xor va laparlar o‘rgatar edi. S. Abdulla, Xalq bastakori
1. xor I Sifat bee’tibor, kamsitilgan
2. xor II Ot vokal ashulalarni birga ijro etuvchi jamoa
1. iftixor qilmoq: faxrlanmoq