Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ayir}
So‘z bo‘g‘inlari: a-yir-moq
Izoh(lar)i:
ayir fl

1. 1. Butunni bo‘lmoq, tarkibiy qismlarga bo‘lmoq, bo‘laklamoq. Tuxum sarig‘ini oqidan ayirmoq.

2. 2. Turiga, naviga qarab bo‘lmoq, ajratmoq. To‘y bekasi, Mirzakarimboyning xotini, ayollarni uch guruhga ayirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Xillab alohida qilmoq. Bobo Qambar dutorga loyig‘ini ayirib olib, yo‘nib charxlayapti Yusuf va Ahmad

4. 4. Uzoqlashtirmoq, ajratmoq. Bolani ko‘krakdan ayirmoq. — Mayli, oyi, siz mani besh-o‘n kun bag‘ringizdan ayirmang. Orzum shu — dedi Gulnor. Oybek, Tanlangan asarlar
Fig‘onkim, gardishi davron ayirdi o‘z diyorimdan. Furqat

5. 5. Mahrum qilmoq, judo qilmoq. Uni yor oldiga kirish minutining yaqinligi, yor nafasining yaqinligi es-hushidan ayirayozgan edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Bir gal tark et, falak, uduming — oshiqdan ayirma ma’shuqni. A. Sher, Qadimgi kuy

6. 6. Ajrata bilmoq, farqiga bormoq. — Man, man! Dardingda kuygan dadangman! — Gulnor o‘z dadasining tovushini bazo‘r ayira bildi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yasama karomatchining isitma bilan oshqozon kasalini ayira olmasligini qayoqdan bilsin. Mushtum

7. 7. Oraga tushib ajratmoq. So‘z ta’sir qilmagach, o‘zi [domla] olomon orasiga kirib, odamlarni ayira boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. 8. Ayirmachilik qilmoq, turli ko‘z bilan qaramoq. Biz millat ayirmaymiz. P. Tursun, O‘qituvchi

9. mat. at. Ayirish amalini bajarmoq, bir sondan ikkinchi sonni olmoq, ajratmoq. O‘ttizdan o‘n beshni ayirmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.