1. Ajramoq fe’lining orttirma nisbati.
Sening muddaong, — dedi hoji, — marg‘ilonlik kelinni o‘g‘lingdan ajratib yuborish va bu kelining bilan qoldirish — shundog‘mi?
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. Oraga tushib, ikki yoqqa ayirmoq (mas., yoqalashuvchilarni).
Odamlar ajratmaganda, bu xotin mulla Norqo‘zini g‘ajib tashlar edi.
A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
3. Ayirib olmoq, xalos qilmoq; qutqazmoq.
..o‘rtaga Boysunqormirzo tushib, o‘g‘lini zo‘rg‘a jallod qo‘lidan ajratib olgan.
Mirmuhsin, Me’mor
4. Biror maqsad uchun atab, belgilab ayirmoq.
Mablag‘ ajratmoq. Bunga qancha yer ajratamiz? — O‘rmonjon uning savoliga javob bermadi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
5. Navlariga, turiga, xiliga qarab ayirmoq; xillamoq.
Anvar hudaychi uchun ajratgan arizalarni qo‘liga olib, o‘rnidan turdi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
6. Farqiga bormoq, farqlamoq.
Bularning qishloq bolalarimi yo shahar bolalarimi ekanligini ajratib bo‘lmaydi.M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
-