1. Ajablanarli, hayron qolarli. Ajab savdolar. Ajab Hirot ekan! Halvofurushi ham shoir. Oybek, Navoiy
2. (Yakka holda) Ajablanishni bildiradi; taajjub, qiziq. Bir necha qadam bosib, orqasida qolgan darvozaga qaradi-da, bu yerda go‘zal qiz Oyposhsha yashaganini esladi. — Ajab, — dedi Elmurod.P. Tursun, O‘qituvchi Ajabkim, muqaddas narsalar yonma-yon bo‘larkan. Gazetadan
3. shv. Xo‘p, bo‘pti. Polvon, Madrayim qorani chaqir — Ajab, og‘a. J. Sharipov, Xorazm
1. ajab bo‘lmoq: juda yaxshi bo‘ldi, ko‘ngildagiday bo‘ldi (biror kimsa qilmishiga yarasha jazo olganda aytiladigan ibora)
1. Ajablanmoq – hayron bo‘lmoq – hayratlanmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (emotsional bo‘yoqdorligiga ko‘ra)
2. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)