1. 1. Bekorga ovorayi sarson bo‘lib yurgan, o‘z yo‘lini topa olmagan, parokandalikda yurgan. Sargardon bo‘lmoq. Sargardon kezmoq. ▬ Menga u qancha azob bergan, shu deb qancha yurtlarda yalang oyoq sargardon kezganman. S. Ahmad, Qadrdon dalalar Bu judolik meni qildi sargardon, Sizdan duo tilar Hasandek polvon. Hasanxon Sheralixon sargardon bo‘lib yetti yildan so‘ng bir chet bozorga kelib o‘tirdi. Erali va Sherali
2. etn. tn. Qadimgi o‘zbek urf-odatlariga ko‘ra, og‘ir yotgan bemorning (irim bilan) boshidan aylantirib (o‘girib) beriladigan sadaqa puli. [Mastura:] Nega harom bo‘lar ekan? Sargardonning puli emas bu, aylanay! Do‘ppi tikib to‘plaganman, yaxshi yigit! Hamza, Paranji sirlari
1. Ovora – sarson – sargardon Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)