1. 1. Biror joyda qo‘nim topmagan; darbadar, sargardon.
Kamsitilgan, xo‘r tutilgan bechoralar. Qadr-u qiymat, shon-sharafsiz ovoralar.
F. G‘ulom, Tanlangan asarlar
Kim biladi, sen singari, o‘g‘lim ham bu kun Qaylardadir kezib yurar ovora, sarson.
A. Oripov, Yillar armoni
2. 2. Biror ish, harakat bilan band, mashg‘ul.
Kurayev bilan Nusratilla yuk orttirib jo‘natish bilan ovora.
A. Muxtor, Opa-singillar
Ba’zilar ko‘chat o‘tqazishga yordamlashar, ba’zilar oz-ozdan bo‘lsa ham tuproq tashish bilan ovora.
S. Zunnunova, Olov
3. s. t. q. q. Ikkovara.
Toshkentlik Mirsoat zargarning to‘yiga kelgan kishilarga ikki ovoradan osh tortilib, non ulashtirilibdi.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
4. 2. Kishilarni teng guruhlarga bo‘lish,-tadan (ikkitadan, uchtadan).
Shirkat vakili yollanma ishchilarni ikki ovoradan qilib ajratdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik