1. 1. Hali voyaga yetmagan yetim bola.
Sag‘ir haqqiga tegib bo‘lmas. Sag‘irning haqi — sopqonning o‘qi.
Maqol
— Desangiz, Oynaxon, o‘zi [Ma’murjon] bir sag‘ir bola, hech kimi yo‘q, — dedi mehmon xotin.
Sh. Xolmirzayev, To‘lqinlar
Dushman ko‘rsang, qo‘ymay izdan quvlagin, Sag‘ir ko‘rsang, aning ko‘nglin ovlagin.
Erali va Sherali
Madamin shovqin soldi: — Xudoyqul mening jigarim, ammamdan qolgan sag‘ir. Yetti yoshidan boqib odam qildim.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Yosh bola, kichkina bola.
Mahalla bu hangomadan uyg‘onib, Eshigiga keldi sag‘ir-u kabir.
Muqimiy