Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rosa}
So‘z bo‘g‘inlari: Ro-sa
Izoh(lar)i:
rosa ys

1. Bekam-u ko‘st, to‘liq, to‘la. Zarhal ko‘rinar soxta, Rosa bilib, so‘ng maqta. Maqol
Jangchilar ko‘zlarini rosa ochmasdan, miltiqlariga yopishdilar. Oybek, Quyosh qoraymas

2. Tugal, to‘la, to‘liq; to‘ppa-to‘g‘ri. Olaxo‘jaboyning hovlisiga qadam bosmaganimga rosa yigirma yil bo‘ldi. P. Tursun, O‘qituvchi
[Dilbar:] Uyg‘otaymikan? Yo‘q, picha uxlab orom olsin, rosa bir oy bo‘ldiki, ot ustidan tushmaydi. K. Yashin, Pyesalar

3. Nihoyat darajada, nihoyatda, juda. Rosa charchadim.

4. To‘yguncha, miriqib. Rosa o‘ynadik. ▬ Mavlon mingboshi tasodifan loyga sirg‘anib yiqildi. Kishilar rosa kulishdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xuddi [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: raso – [f-t][f] Kami yo‘q, to‘liq; yetuk, barkamol.
Qomus: mavjud emas.

1. arosatda qolmoq: na u yoqli va na bu yoqli bo‘lmay, aro yo‘lda qolmoq; qilar ishidan yanglishib, gangib qolmoq

2. arosatga tushmoq: -

3. fahm-farosat yetmoq: -

4. fahm-farosat(i) yetadi: idrok qildi, uqdi, bildi

5. fahm-farosati yetmoq: -

6. murosa qilmoq: kelishuvli yo‘l tutmoq, murosa yo‘lini tutmoq

1. Farosatli – zehnli – didli – zakovatli – zukko – zakiy – zol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. Juda – eng – g‘oyat – benihoya – rosa – o‘taketgan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

3. Tuzsiz – chuchmal – rosa – sho‘r
Ma’nosiga ko‘ra
(maza-ta’mning me’yordan ortiq-kamligiga ko‘ra)

4. Xuddi – aynan – ayni – rosa – naq – qoq – baayni
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

5. Yarashmoq – murosaga kelmoq – sulh tuzmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.