Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ro‘zg‘or}
So‘z bo‘g‘inlari: Ro‘z-g‘or
Izoh(lar)i:
ro‘zg‘or ot

1. 1. O‘ziga mustaqil har bir oila, har bir xo‘jalik. Ayolning sarishtasi — ro‘zg‘orning farishtasi. Maqol
Seni deb uyimdan, ro‘zg‘orimdan kechdim. S. Ahmad, Ufq
Ha, durust, ishga yaroqli polvondek yigit bo‘lsang, ro‘zg‘orga bosh bo‘lasan endi, o‘g‘lim. S. Karomatov, Oltin qum
Shu paytgacha doim ro‘zg‘or ishi bilan band bo‘lgan Malikaxon zavodga ishga kirib ketdi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

2. 2. Shunday oila yoki xo‘jalikka tegishli va uning tirikchiligi uchun zarur anjom-ashyolar, ikir-chikirlar. Ro‘zg‘or ziynati — o‘tin, Uy ziynati — xotin. Maqol
Qo‘sh-u omoch, bosh aylanmas kichik qo‘rg‘on, Ovqat-ro‘zg‘or, kavshay desang — obi yovg‘on. H. G‘ulom, Tanlangan asarlar
Agar boshqa odam bo‘lgan-da, Mahfuzaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatar, ro‘zg‘orini butlab olishni o‘rgatardi. Gazetadan
Qodir butun ro‘zg‘or tashvishlarini zimmasiga olishga majbur bo‘ldi. Yoshlik

3. 3. Turmush, oila. — Katta qizining ro‘z-g‘orini ham shu kampir buzgan. Magazinda ishlaydigan toparmon-tutarmon bir yigitni ichkuyov qilib, rosa sog‘ib ichdi, — dedi kelin. S. Ahmad, Cho‘l burguti
Bularning ham ayrimlarining ro‘zg‘or, farzandlari bor, ba’zilari erta-indin uzatiladigan bo‘lib, bo‘y yetib turibdi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: oila [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.