1. Biror ishga bo‘lgan xohish, istak, mayl, ra’y.
Bahordan buyon bir rag‘batingiz yo‘q, Mehnat qildingiz-ku, minnatingiz yo‘q.
M. Yusuf, Osmonimga olib
2. Qiziqtiruvchi, qo‘zg‘atuvchi omil, sabab; manfaat keltiruvchi (beruvchi) narsa.
Men jo‘ralarimning oldida faxr etib yura-man. Avaz og‘am g‘azallarimni o‘qib, rag‘bat berdi, deyman.
S. Siyoyev, Avaz
3. Inson his-tuyg‘ulari, ruhiy holatlarini rivojlantiruvchi, uni faollikka undovchi ruhiy (psixik) ta’sir.