Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {porloq}
So‘z bo‘g‘inlari: Por-loq
Izoh(lar)i:
porloq sf

1. 1. Porlab, nur sochib turadigan, nurdek ravshan. Quyosh nuri juda ko‘rkam, yuksak va porloq, Nurin hatto ayamaydi vayronadan ham. G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar
Fazodan teranroq nima bor ekan? Yulduzlar bazmidan porloq qay yig‘in? A. Oripov, Yillar armoni

2. ko‘chma hma Baxt-saodat, istiqbol sari boshlovchi; ravnaqli, nurafshon. Porloq kelajak. Ey yasha, porloq kun, baxtli kelajak. Omon bo‘l, Vatanim, ming yillar boqiy! G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar
Dadil bosilgan qadam porloq kelajakning ustunidir. Saodat
Cho‘l havosini o‘qib, suyunib ketdim. Birdan lov etib, alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo‘ladi. A. Qahhor, Asarlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yorug‘
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

2. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.