Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kuy} - in ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Ot yasovchi So‘z yasovchi;Sifat yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ku-yin-moq
Izoh(lar)i:
kuy fl

1. 1. Alanga chiqarmay yonmoq. Tutab kuyayotgan ot eti va terisining qo‘lansa hididan uning ko‘ngli behuzur bo‘lib, boshi aylandi. H. G‘ulom, Mash’al

2. 2. Umuman, o‘t-olov olmoq; yonmoq; yonib ishdan chiqmoq. Xalq aziz farzandlarining xunini undan talab qiladi; burnini yerga ishqab, vayron bo‘lgan shaharlarini, kuyib kul bo‘lgan qishloqlarini tiklab berishga majbur qiladi. A. Qahhor, Ikkining biri

3. 3. Ortiq darajada qizib (erib), ishdan chiqmoq (elektr asboblar haqida). Lampochka kuyib qoldi. Dazmol kuyib qolibdi.

4. 4. Ortiq darajada isib-qizimoq; harorati ko‘tarilmoq. — O-o, oftobda qolibsizlar-ku? — dedi u, xalqning oftobda kuyib turganligini endi ko‘rganday. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Avgust oyi jaziramasi — kuyib yonar edi hamma yoq. E. Rahimov.

5. 5. O‘t-olov yoki kuydiradigan narsa ta’sirida zararlanmoq, jarohatlanmoq (tirik organizm haqida). Qaynoq suv to‘kilib, oyog‘i kuymoq. Olov sachrab, qo‘li kuymoq.

6. 6. Quyosh issig‘i ta’sirida qurib-qovjirab ketmoq, nobud bo‘lmoq (o‘simliklar haqida). Yana bir yili qattiq qurg‘oqchilik bo‘lib, ekinlar kuyib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

7. ko‘chma hma Bekor bo‘lmoq, behuda ketmoq; ajrab qolmoq. Mehnatingiz kuymaydi. Unmaydi ham, kuymaydi ham. Matal.
Boltaboy, ikki kun ishlab, darrov tabelchidan shikoyat qilayotibdi, deb o‘yladi shekilli, unga [Sidshjonga] tik qarab: — Nima qilishdi? Hech kimning haqi kuymaydi! — dedi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bechora xotinlar bo‘lsa, erlaridan bekitib yurgan pullarini da’vo qilolmay, damlari ichlariga tushib, kuyib qola beradilar. P. Tursun, O‘qituvchi

8. ko‘chma hma Biron kimsa yoki narsadan zarar-ziyon ko‘rmoq, yolchimay aziyat chekmoq. Bu odamga qanday vazifa berishni o‘zlaringga havola qilamiz, lekin hosilot kengashiga rais qilsalaring, kuymaysizlar. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
To‘lagan ham ko‘p og‘aynilaridan kuygan, ko‘plaridan alamzada ekan. A. Qahhor, Og‘aynilar
Ko‘ngli ochiq, sodda yigit ekansiz, men ham erdan kuyganman. M. Ibrohimov, Yo‘lakdagi muhabbat

9. s. t. t. Xarj bo‘lmoq, puli ketmoq. Bunga sizning pulingiz kuyibdimi? Puli kuygan qalampir chaynabdi. Maqol

10. ko‘chma chma Alam qilmoq, alam qilib bo‘g‘ilmoq; qattiq xafa bo‘lmoq, g‘am-alam chekmoq. Uzi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman! A. Qahhor, San’atkor
Qo‘yinglar, chiroqlarim, so‘ramanglar. Bizning ko‘rganlarimiz qursin — eshitmanglar ham, kuymanglar ham. P. Tursun, O‘qituvchi
— Yo‘lchi o‘g‘limning qoni qutlug‘, uni yuzga, ko‘zga surtish kerak, — chuqur xo‘rsinib davom etdi chol, — kuyma, qizim [dedi Unsinga]. Oybek, Tanlangan asarlar.

11. ko‘chma chma Qayg‘urmoq; achinmoq. Men ketdim, endi senga kim kuyadi Ona shundoq bo‘lar ekan! A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Eshon tuni bilan uxlamay, qur’on o‘qiydi. O‘z taqdiri uchun kuyadi, xudoga nola qiladi. P. Tursun, O‘qituvchi

12. 12. Alam-iztirob chekmoq. Yor ishqida kuymoq. Qoshing asli qoradir — o‘sma qo‘yganing yolg‘on, Sening uchun men kuygan — sening kuyganing yolg‘on. Qo‘shiqlar
Lutfiniso kabi qadrdon bekasining o‘limiga kuygan Yormat to‘yni tezroq o‘tkazish xususida og‘iz ochmay qo‘ydi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tarona [f-t], achinmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: ko‘y – [f] esk. Ko‘cha, yo‘l; biror narsa dardi, tashvish; ahvol, holat.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

2. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.