Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {aytmoq}
So‘z bo‘g‘inlari: ayt-moq I
Izoh(lar)i:
aytmoq [ayt-moq ]

1. Og‘zaki (gap bilan) ma’lum qilmoq, bildirmoq. Rostini aytmoq. O‘z mulohazalarini aytmoq. Uzr aytmoq. Betga aytganning zahri yo‘q. Maqol

2. Yoddan og‘zaki bayon qilmoq, so‘zlamoq (ertak, hikoya va shu kabilar haqida). Ertak aytmoq. Topishmoq aytmoq. She’r aytmoq. Zerikmayman kecha afsona aytsam. Habibiy

3. Talaffuz qilmoq. Mo‘ylovi maysa bo‘lib qolgan kap-katta yigitning r ni ayta olmasligi Elmurodga g‘alati tuyuldi. P. Tursun, O‘qituvchi

4. Taklif etmoq, chaqirmoq. Mahalladan ham uch-to‘rt kishi aytdim, oshni ko‘proq qilish kerak. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. Bog‘lama vazifasini bajaradi. — Qimorboz deb kimni aytasiz? — og‘zidagi oshi bilan g‘o‘ldiradi Qambar. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.