Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gap} - ir ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ga-pir-moq
Izoh(lar)i:
gap [gap ]

1. So‘zlar orqali bayon etilgan fikr; so‘z, nutq. — Siz tushunmay yotibsiz! — dedi Kumush va eshikdan oyoq tovushini sezib, gapni shu yerda to‘xtatdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Nutq vositasida ifodalangan fikr, o‘y, mulohaza. G‘ulomjon g‘alati bo‘lib ketdi. Ko‘ngliga: Nahotki, xudo balolarni menga goh pari, goh dev sifatida yuborsa! — degan gap keldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. Ma’lumot, shingil axborot, xabar; mish-mish. Yodgor zamonaviy Italiya arxitekturasiga oid gaplarni yana o‘qishga tushdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. Umuman biron ish, voqea-hodisa va shu kabilar O‘limdan xabarim bor-u, bu gapdan xabarim yo‘q Gazetadan

5. Gina, kudurat. Ko‘nglingizda shunchalik gapingiz bor ekan, ota-onam shunchalik joningizga teggan ekan, bir og‘izgina, hay xotin, men siqilib ketdim, uy ajratib chiqib ketaylik, desangiz bo‘lmasmidi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

6. Tugal fikr anglatgan so‘z yoki so‘zlar birikmasi. Bosh gap. Sodda gap. Ko‘chirma gap. Gap bo‘laklari. darslikdan

7. Gap kelganda, otangni ayama!Tanqidiy fikr bo‘layotganda, hech kimni yuz-xotir qilma. — Majlisda katta-kichik degan gap bo‘lmaydi, gap kelganda, otangni ham ayama! — dedi Safarov. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shipshitmoq – shivirlamoq – pichirlamok – gapirmoq – qichqirmoq – baqirmoq – o‘kirmoq – hayqirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.