Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {de} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: de-moq
Izoh(lar)i:
de fl

1. 1. O‘z fikrini og‘zaki yoki yozma ravishda ifoda qilmoq, aytmoq; so‘zlamoq, gapirmoq. Men senga nima degan edim. Bu haqda kitoblarda nima deyilgan? O‘g‘lingiz sizga salom dedi. Bedardning oldida dardim bor demagin. Maqol
Osh kelsa, yegin, Gap kelsa, degin. Maqol
To‘qlik nelar dedirmas, Ochlik nelar yedirmas. Maqol
Shunday deyishingizni biluvdim. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Eng oqil mavjudot inson deymiz-u, ba’zan odamning arzimagan narsaga aqli yetmay qoladi. O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor.

2. 2. Biror tovush, un chiqarmoq. Mushuk miyov dedi. Imm degan ovoz eshitildi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Qayerdadir qizilishton qarilladi, popushak pu-pu-pup-pishsh deb qo‘ydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Atalmoq, nomlanmoq; otga, nomga ega bo‘lmoq; atamoq. Marhamat degan olti qiz bor ekan. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Avaz Sayfiy degan tanish mullavachchani topdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Keyin Hikmatulla degan novcha yigit so‘z oldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bari bir, taqdir degan narsa, payti kelib, o‘zini ko‘rsatib qo‘yarkan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Biz tomonlarda mayna degan qush bo‘ladi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. 4. Hisoblamoq, sanamoq; bilmoq, o‘ylamoq. Odami ersang, demagil odami. Oni kim yo‘q xalq g‘amidan g‘ami. Navoiy, Xamsa.
[Famiddin:] Sakkiz yuz so‘mni siz bilan biz pul demaymiz. Chindan ham pul emas. Oybek, Tanlangan asarlar
Axir kim ham onasini, volidasini sevmaydi deysiz! Gazetadan

5. 5. Deb o‘ylamoq, faraz, mulohaza qilmoq. Shunday ham deyaylik. Boring, ertaga samolyot uchmaydi deyaylik. Xayr, shunday ham deng
Shovqin solmang, birov eshitsa, nima deydi! A. Qahhor, Oltin yulduz
Ha, endi bitta-yarimta o‘rtog‘inikida qogandir-da, dedik. S. Siyoyev, Yorug‘lik

6. 6. Istamoq, xohlamoq. Um Nima desang, albatta muhayyo qilaman. Dushman nima demay-di, tushga nimalar kirmaydi. Maqol
ajratamiz dedingiz-u, men yo‘q dedimmi? Oybek, Tanlangan asarlar
Dasturxonga noz-ne’mat to‘lsin deyman. Guldasta
xalq uchun ishlaganlarga jonimni bersam deyman. U. Ismoilov, Saylanma

7. 7. Tanlamoq, biror kimsaga yoki narsaga tarafdor bo‘lmoq, moyillik bildirmoq. Yo meni de, yo uni de. Men sening tenging emasman, Omonim bor, seni demasman. H. Olimjon
O‘zingiz yo‘ling ochiq, keta ber, men ota-onamni deyman, degan edingiz-ku. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

8. 8. (shart mayli shaklida) Biror ish-harakatni bajarishga urinmoq. Gilamni ko‘taray desam, juda og‘ir ekan. Ilgarilari urib yengar edim, endi uray desam, qochib, tomga chiqib ketadi. A. Qahhor, Ayb kimda?
Ko‘zini ochay desa, qovoqlari og‘irlashib ketganday tuyuldi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

9. 9. Hisobga olinmoq, istisno qilinmoq. Otlarning pishqirgani, hasharotlarning chirillashi bilan soy suvining mayin shildirashi demasa, atrof jimjit edi. N. Fozilov, Diydor
Sal chimirilgan qoshlari demasa, Avazning raftoridan bir nima anglab olish qiyin edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

10. 10. Ravishdosh shaklida qo‘shma gaplarni bog‘lash uchun xizmat qiladi. Endi Avaz xalqni kurashga chorlovchi she’rlar bitar deb, umid qilamiz. S. Siyoyev, Yorug‘lik

11. 11. Buyruq va shart mayli shakllarida kirish so‘z vazifasida keladi. Onam bechora, deng, mulla, o‘zi juda kam borar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bechora kapsanchilar, deyman, yer o‘zlariga qarashli bo‘lganda, shu ariqni o‘sha vaqtda chiqarishsa ham bo‘lar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Yana, desangiz, ikkita, sutlik oq echkilari bor. S. Siyoyev, Yorug‘lik

12. 12. deganda bo‘lganda, bo‘lgach, o‘tgach. Soat o‘n ikki deganda yetib kelasan. Bir oy deganda, nihoyat, menbop bir shtat topilib qoldi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

13. 13. Degani degan O‘z fikri, mulohazasini qabul qildiradigan, aytganini bo‘ldiradigan. U kishining degani degan, hech kim bas kelolmaydi. A. Muxtor, Tug‘ilish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aytmoq I
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.