Korpus bo‘yicha izlash

Uslubiy xoslanishi: uslubiy betaraf.
92 ta yozuvdan 20 tasi ko‘rsatilmoqda!
“Alkash edi, ichmagan kuni yo‘q. Topgani shishadoshlari bilan ulfatchilikka ketardi. Xullas, o‘z hayotiga o‘zi achinmaydigan odam edi-da”, — dedi rais ham afsuslangan kabi bosh silkib. Otasini o‘ldirib, jazodan qutulib qolgan o‘g‘il haqida hikoya
“Alkash edi, ichmagan kuni yo‘q. Topgani shishadoshlari bilan ulfatchilikka ketardi. Xullas, o‘z hayotiga o‘zi achinmaydigan odam edi-da”, — dedi rais ham afsuslangan kabi bosh silkib. Otasini o‘ldirib, jazodan qutulib qolgan o‘g‘il haqida hikoya
Deyarli bekorchixo‘ja edim. Oyligim to‘qson so‘mgina esa-da, harqalay, loaqal tushlikda tuzukroq ovqatlanishimga, qishloqqa oldingidan serqatnovroq bo‘lishimga uchma-uch yetib turardi. Ishxonaga haftada bir-ikki marta bosh suqib qo‘yardim. Qolgan kunlari karavotdagi ko‘rpamni polga to‘shab cho‘zilganimcha, she’r to‘qiganim to‘qigan edi. Maosh olgan kunlarim qishloqqa ketib, ba’zan bir hafta o‘tkazib qaytardim. Qaytgach, qo‘lim bo‘shasayoq, yana tinimsiz she’r bitishga tushardim. Bolalarga atalgan turkum she’rlarimning asosiy qismi shu umumyotoqdagi bor jihozi bir shkaf, bir karavot, bir stol, bir stuldan iborat bo‘lmish torgina xona devorlari orasida dunyoga kelgan. Piyonista qo‘shnilarning ulfatchilikka chorlashlaridan, tanish juvonlarning dam olish kunlari zalda tashkil etiladigan “tansa”larga sudrashlaridan bezib, eshikni ichkaridan qulflab olib yozardim. Ayrim qiliqlarimni axloqsizlikka yo‘yib, tepadagilarga arz qilib yurmasligi uchun qishloqdan olib kelgan meva-chevalardan bir qismini umumyotoq komendantiga berib turardim. Shu bois, majlis bo‘lib qolsa, mening intizomimni, xonani toza tutishimni maqtagani maqtagan edi. Ajinasi bor yo‘llar
Toshkentda orttirgan do‘stlarimdan biri qashqadaryolik yosh shoir Muhammad Rahmon edi. Talaba Yusuf Hamdamovnikidagi o‘tirishda tanishganimizdan so‘ng u bilan tez-tez uchrashib turadigan bo‘ldik. Kursdoshim Akramjon, Usmon Azim, Erkin A’zam kabilar ishtirokidagi bir ulfatchiligimizda magazindan vino olib, ko‘chada ichishga idish topolmaganimiz, shunda men bozorchadan katta sariq bodring topib uchini kesganim, ichidagi urug‘ni barmog‘imda kovlab chiqarib stakan yasaganim, undan sharob ho‘plaboq chetidan ozgina tishlab gazak qilaverishimiz oqibatida qadah tobora kichrayib boraverganini Muhammadjon doim kulib-kulib eslardi. Shu oshnam endi universitetni tamomlab, “Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir bo‘lib ishlar, bolalarga atalgan she’riy to‘plamim uning jonkuyarligi bilan 1980 yil nashr rejasiga kiritilgan edi. Ajinasi bor yo‘llar
Radioda ishlayotganimning uchinchi yili boshlanib, 1981 yilning qishi tugayotganida, raisimiz Doniyor akaning odamgarchiligi, ishni tezlashtirish uchun xodimimiz Toshturg‘un akaning yonimda idorama-idora yurishi natijasida, To‘qimachilar shaharchasiga tutash massivdan menga ikki xonali uy berildi. Yangi uylangan Avazbek ukam Tohir akasi bo‘shatib ketgan uyda yashayotgani uchun hozircha hovlimizda joy yetib turgandi, oilam bilan shaharga ko‘chishga shoshilmadim. Ishda yumushlarim kech tugasa, yangi uyimga borib, odamdek ovqatlanadigan, bemalol uxlaydigan bo‘ldim. Qishloqdagilar birda bir mehmonga kelib, supurib-sidirib ketishardi. Ba’zan oshna-og‘aynilar, ba’zan bu yerdan sal narida yashovchi Mashrab jiyanim qartaboz sheriklari bilan yig‘ilib, tun bo‘yi ulfatchilik qilishar, xonaning o‘rtasiga to‘shalgan yupqa ipsholcha ustida mast-alas g‘ujanaklanib qolguncha ichishardi. Insondek uxlashni istashganda ham, bu uyda o‘zimnikidan boshqa ko‘rpa yo‘q edi. Ajinasi bor yo‘llar
Iosif Stalin muzey hakkasidek qotirilib, endi Xurushchyov kompartiya yetakchisi, Malenkov vazirlarning ulug‘i, Beriya bosh tartib saqlovchi sifatida qizil imperiyani ulfatchilikdagidek “bizniki”lab boshqarishga o‘tgan bu davrda men birinchi sinfda o‘qiyotgandim. Ajinasi bor yo‘llar
Turli ulfatchiliklarga qo‘shilish imkoni yo‘qligi uchunmi, “otdan yiqilib”, qaddini hamon tiklab ololmayotganidan uyalibmi, dadam hatto qo‘shnilar bilan ko‘chada gaplashib o‘tirishdan tortinadigan bo‘lib qoldi. Mehmonga kelgan ayol qarindoshlar bilan ozgina ahvol so‘rashiboq, tashqariga chiqib ketardi. Oilamizdagilarning mehmondorchilikka, to‘ylarga, sayllarga galalashib borishi ham taqqa to‘xtagan edi. Dadamda o‘zini odamlardan, gurunglardan olib qochish odati paydo bo‘lganini barchamiz yaqqol sezib turardik. Ajinasi bor yo‘llar
S ye r ye b r ya k o v (qizini o‘pib.) Xayr… hammaga xayr! (Astrovga qo‘l berib.) Ko‘ngilli ulfatchilik uchun sizdan minnatdorman… Men sizning fikr yuritishingizni, orzu-havaslaringizni, intilishlaringizni hurmatlayman, biroq xayrlashuv soatlarida men qariyaga bir narsani qayd qilib o‘tishga ruxsat etgaysizlar. Janoblar, ishlamoq kerak, ishlamoq kerak, ishlamoq. (Hamma ta’zim qiladi.) Yaxshi qolinglar! (Ketadi, ketidan Mariya Vasilyevna, Sonya chiqadilar.) Vanya tog‘a
S ye r ye b r ya k o v (qizini o‘pib.) Xayr… hammaga xayr! (Astrovga qo‘l berib.) Ko‘ngilli ulfatchilik uchun sizdan minnatdorman… Men sizning fikr yuritishingizni, orzu-havaslaringizni, intilishlaringizni hurmatlayman, biroq xayrlashuv soatlarida men qariyaga bir narsani qayd qilib o‘tishga ruxsat etgaysizlar. Janoblar, ishlamoq kerak, ishlamoq kerak, ishlamoq. (Hamma ta’zim qiladi.) Yaxshi qolinglar! (Ketadi, ketidan Mariya Vasilyevna, Sonya chiqadilar.) Vanya tog‘a
Avvalo qandaydir bir guruh yoshlar obod buloq labida ulfatchilik qilib, qattiq mushtlashishdan keyin, boshi shisha bilan urib yorilgan birovi kasalxonaga olib kelinganmish... Insonga qulluq qiladurmen 0
Ulfatchiliklarni yig‘ishtiring. Umrim bayoni 2008
Yo‘qsa bu pasqam joyda hech narsani ko‘rmay umring o‘tadi: na ma’rifat, na klub, na ulfatchilik – Avstraliyaning xuddi o‘zginasi! Xameleon 2018
Davolanayotgan giyohvandlar bilan suhbatlashilganda ularning 25 foizi ko‘chada, ulfatchilikda o‘rganganlarini bildirishdi. Jinoyatning uzun yo‘li 0
Bolalar qamoqxonasida o‘tirgan besh o‘smir treneri bilan ulfatchilikdan keyin yo‘lto‘sarlik qilib qo‘lga tushishgan. Jinoyatning uzun yo‘li 0
"To‘dada qanday yumush bilan shug‘ullanar edinglar?" degan savolga olgan javoblarimizni umumlashtirsak mana bunday bayon kelib chiqadi: "Oshnalar bilan (ular "to‘da" degan so‘zni tilga olishmadi) ulfatchilik qilamiz, chekamiz, ichamiz. Jinoyatning uzun yo‘li 0
Ayniqsa, Kurolesovni shunchalik yomon ko‘rardiki, o‘tgan yili gazetada, uning iste’dodi ayni kamolga yetgan chog‘da dunyodan ko‘z yumgani haqidagi ta’ziyanomani qora ramka ichida o‘qib qolib, Nikolay Ivanovich cho‘g‘dek qizarib ketgan va sal bo‘lmasa o‘zi ham o‘sha Savva Potapovich orqasidan yo‘rg‘a chiqarayozgan edi, keyin u: "Ajab bo‘pti! " — deb baqirib yuborgandi. Bu ham kifoya qilmay, Nikonor Ivanovich o‘sha kuni kechqurun Sadovaya ko‘chasiga yog‘du sochayotgan to‘linoy bilan bir o‘zi ulfatchilik qilib, esidan og‘gungacha ichib g‘irt mast bo‘lgandi, zero taniqli artistning o‘limi qator noxush hodisalarni eslatgan edi unga. Usta va Margarita 2021
Bir kuni shoh suhbat asnosida qarg‘adan so‘radi: -Deydilarki, yaxshilik bilan yomonlik o‘t bilan suv bir-biriga dushman, yaxshilar yovuz odam bilan ulfatchilik qilolmaydilar. Sen esa qanday qilib shuncha muddat boyqushlar bilan birga yashay olding? Kalila va Dimna (to‘liq) 2024
Fitnachi odamlar bilan ulfatchilik qilsin-da, oxirida o‘zi pushaymon bo‘lmasin? Kalila va Dimna (to‘liq) 2024
Fitnachi odamlar bilan ulfatchilik qilsin-da, oxirida o‘zi pushaymon bo‘lmasin? Kalila va Dimna (to‘liq) 2024
Dimnaning ahvolini ko‘rib, ko‘zidan qonli yoshlar oqizdi va dedi: -Ey birodar! Seni bunday musibat va azobda korib qanday chiday olaman. Sensiz yashashning men uchun ma’nosi yo‘qdir, endi men kim bilan birga ulfatchilik qilib, kim bilan o‘ynab-kulaman? Shodligim va g‘amlarimni kim bilan baham ko‘raman? Kalila va Dimna (to‘liq) 2024